AsosiyJamiyat

Toshkent farmasevtika institutida kontrakt puli 14 million so`m qilib belgilanmoqda

'Toshkent farmasevtika institutida kontrakt puli 14 million so`m qilib belgilanmoqda'ning rasmi

Toshkent farmasevtika instituti ham 2020/2021 o`quv yilidan boshlab, to`lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalar uchun to`lov-kontrakt qiymati miqdorlarini bir talabani bir yillik o`qitish xarajatlaridan kelib chiqgan xolda belgilashni rejalashtirilmokda, deya xabar bermoqda institut axborot xizmati.  

Ma`lum qilinishicha, karantin sabab to`lov-kontrakt miqdori kamaytirilmoqda va taxminiy 14 million so`m miqdorida bo`ladi.  Ta`kidlanishicha, agar real xarajatlar hisobga olinsa 14 million so`mdan anchagina ko`p bo`ladi.

Ma`lumot uchun: o`zini o`zi moliyalashtirish tizimiga o`tgan oliy ta`lim muassasasida to`lov-kontrakt mablag`larini to`lash muddati xam tomonlarning o`zaro kelishuv bilan shartnoma asosida belgilanadi.

    Boshqa yangiliklar