AsosiyJamiyat

Toshkent shahrida 61 odamda koronavirus aniqlandi

'Toshkent shahrida 61 odamda koronavirus aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 19 iyun soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5855 (+88) nafarni tashkil etmoqda.

 

🔴Yangi kasallanish holatlarining 27 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 61 nafari Toshkent shahrida (shundan 51 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib karantinga olinganlar, 10 nafari aholi orasida) aniqlangan.

 

❗️Ayni paytda yurtimizda 4199 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (71 foiz) sog`aygan.

 

❗️Hozirda mamlakatimizda 1637 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 12 nafari og`ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar