AsosiyDunyo

Lukashenkoning saylovlardagi asosiy raqibi hibsga olindi

'Lukashenkoning saylovlardagi asosiy raqibi hibsga olindi'ning rasmi

Belarus respublikasining moliyaviy tergov bo`limi prezidentlik saylovlarida Aleksandr Lukashenkoning asosiy raqibi sanalmish, Gazprombank sho`ba korxonasining sobiq raxbari Viktor Babarikoni so`roq qilish uchun hibsga oldi. Bu haqida uning advokatlari ma`lum qildilar, deb yozmoqda Uzreport.

"Bilishimizcha, Babarikoning mashinasi to`xtatilgan va ularning tilida aytganda “suxbat uchun” olib ketilgan", dedi advokat Aleksandr Pilnchenko jurnalistlarga.

“Bu konstitusiyaviy huquq buzilishining qo`pol ko`rinishidir” qo`shimcha qildi advokat.

Nomzod tarafdorlarining aytishicha, hozirda Babarikoning uyida tintuv ishlari olib borilmoqda.

Mahalliy siyosatchilar Babarikoni 26 yil davomida mamlakatda hukmronlik qilgan Aleksandr Lukashenkoga jiddiy raqib deb hisoblashmoqda.

    Boshqa yangiliklar