1

Senat yig`ilishida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha aniq vazifa qo`yildi

Siyosat 19.06.2020, 10:51
Senat yig`ilishida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha aniq vazifa qo`yildi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi bugun, 19 iyun kuni soat 10.00 da Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining majlislar zalida o`z ishini boshlashi haqida xabar bergan edik. 

Yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva olib bormoqda.

"Dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda Senatning ham ishtiroki faollashib borayotganini alohida ta`kidlash lozim. Davlatimiz rahbari raisligida o`tkazilayotgan yig`ilishlarda belgilab berilayotgan vazifalarning hududlarda to`g`ri va samarali ijro etilishini ta`minlashga alohida urg`u berilmoqda. Xususan, joriy yil 21 may kuni Samarqand viloyatining Kattaqo`rg`on shahrida bo`lib, hududni kompleks rivojlantirish masalalarini atroflicha ko`rib chiqdik.

Prezidentimizning alohida topshirig`i bilan Kattaqo`rg`on shahrini 2020–2022 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag`allikni qisqartirish bo`yicha chora-tadbirlar belgilash yuzasidan Hukumat oldiga aniq vazifa qo`yildi. Bu borada yaqin kunlarda Hukumat qarori qabul qilinishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, yaqinda Qashqadaryo viloyatida ham bo`lib, ayni shu masalalarni atroflicha ko`rib chiqdik. Aholi, jumladan tadbirkorlar bilan muloqot qildik. Ular tomonidan ko`tarilgan masalalarning aksariyati joyida hal etildi.Shu jihatdan, Kattaqo`rg`on va Qarshi shahridagi ishimizni tizimli davom ettirishni belgilab oldik" deydi Tanzila NARBAEVA,  O`zbekiston Respublikasi  Oliy Majlisi Senati Raisi.

Ko`rib chiqiladigan masalalarni Senatning rasmiy bev-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda “O`zbekiston 24” va “Uzreport” telekanali orqali to`g`ridan-to`g`ri jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1