AsosiyJamiyat

O`zbekistonning “Kreditlash tizimi” jahon reytingida 63 pog`onaga yuqori ko`tarildi

Kuni kecha Jahon banki hamda Xalqaro moliya korporasiyasi tomonidan “Biznesni yuritish — 2016” (“Doing business — 2016”) bo`yicha e`lon qilingan mamlakatlarning yangi reytingida yuqoriladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar beradi.

Unga ko`ra, O`zbekiston qulay ishbilarmonlik muhiti ko`rsatkichlari bo`yicha jahonning 189 davlati orasida 54 pog`ona ko`tarilib, 87-o`rinni egalladi. Bu oxirgi bir yil mobaynida kuzatilgan o`sish natijasidir.

Eng yuqori o`sish sur`ati esa “Kreditlash tizimi” bo`yicha qayd etildi. Ushbu ko`rsatgich o`tgan yildagiga nisbatan bir yo`la 63 pog`ona ko`tarilib, 105 dan 42-o`ringa chiqqani g`oyatda quvonarli muvaffaqiyat sanaladi. Yana bir e`tiborli jihati shundaki, so`ngi uch yilda mazkur reyting ko`rsatkichi 112 pog`ona o`sdi.

    Boshqa yangiliklar