Tanzila Norboeva: "Dori vositalarining yoshlar tomonidan notibbiy maqsadda ishlatilishi millat kelajagiga raxna soladi"

Siyosat 19.06.2020, 13:12
Tanzila Norboeva: "Dori vositalarining yoshlar tomonidan notibbiy maqsadda ishlatilishi millat kelajagiga raxna soladi"

Senat majlisida Tanzila Norboeva dori vositalarining notibbiy maqsadda ishlatilishi bilan bog`liq holatlar haqida gapirdi.

– Ma`lumki, aholi orasida shifokor tavsiyasisiz o`zini-o`zi davolash odat tusiga kirgan. Bu esa ko`plab salbiy oqibatlarga olib kelayotganini kuzatyapmiz.

Dorixonalarda sotilayotgan kuchli ta`sir etuvchi dori vositalarining suiiste`mol qilinayotgani, ularning asosan yoshlar tomonidan notibbiy maqsadlarda qo`llanilayotgani achinarli holdir.

Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lumotlariga ko`ra, o`tgan yil davomida kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari noqonuniy aylanishi bo`yicha kelib tushgan murojaatlar asosida, qariyb 50 ming o`ram dori vositasi musodara qilingan. Bunday dori vositalarini notibbiy maqsadda ishlatish yoshlarimiz, qolaversa, millat kelajagiga raxna solishi aniq.

Umid qilamizki, kuchli ta`sir etuvchi dori vositalarini reseptsiz sotganlik uchun ma`muriy va jinoiy javobgarlik belgilash orqali biz yosh avlodning sog`lig`i va kelajagiga bo`lgan katta xavf-xatarning oldini olgan bo`lamiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1