AsosiyJamiyat

Ikki yilda necha kishi “tez yordam” kechikishi sabab vafot etgan ma`lum bo`ldi

'Ikki yilda necha kishi “tez yordam” kechikishi sabab vafot etgan ma`lum bo`ldi'ning rasmi

So`nggi ikki yilda tez yordam mashinalarining o`z vaqtida etib kelmasligi oqibatida 48 mingdan ortiq o`lim holati yuz bergan. Bu haqda Senat raisi Tanzila Norboeva beshinchi yalpi majlisda aytib o`tdi.

Norboevaning qo`shimcha qilishicha, oxirgi uch yilda haydovchilar tomonidan maxsus avtotransport vositalariga yo`l bermaslik bilan bog`liq 700 dan ziyod holat aniqlangan. Aslida har qanday holatda ham ularga yo`l berish kerak.

“Biroq ularni o`tkazib yuboraman, deb boshqa haydovchilarimiz aybsiz aybdor bo`lib qolmoqda.

Ya`ni o`tkazib yuboraman deb qoida buzsa ham jarima to`laydi, qoida buzmay deb ularga yo`l bermasa ham jarima to`laydi. Bu kabi holatlarga chek qo`yish uchun ham “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun juda muhim.

O`z o`rnida shuni ham alohida ta`kidlashimiz lozimki, Qonun qabul qilish muammoni hal qilishning bir qismi, xolos. Bugun Qonun chiqsa, ertadan boshlab haydovchilarni jazoga tortish kerakmas. Avvalo, tushuntirish, o`rgatish, ogohlantirish kerak , deydi Senat raisi.

Ta`kidlanishicha, yo`llardagi tartib-intizomga faqatgina qoidabuzarlikni qayd etib, jarima undirish bilan erishib bo`lmaydi.

    Boshqa yangiliklar