AsosiyJamiyat

"Bugundan salqin chekinadi". O`zbekistonda dam olish kunlari ob-havo qanday bo`lishi ma`lum qilindi

'"Bugundan salqin chekinadi". O`zbekistonda dam olish kunlari ob-havo qanday bo`lishi ma`lum qilindi'ning rasmi

Bugun Turkmaniston hududidan kirgan issiq havo natijasida so`nggi kunlarda kuzatilgan salqinlik asta-sekin chekinadi, deya xabar bermoqda O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati. 

Mamlakatimizning markaziy va sharqiy mintaqalarida havo 33-35 darajagacha isiydi. Bunday harorat bu kun uchun xos bo`lgan me`yoriy ko`rsatkichlarga yaqindir. Shimoliy, janubiy va cho`l zonalarida issiq havo kuchliroq bo`lib, harorat 38-40 darajaga etadi, bu esa me`yordan 2-4 darajaga yuqoridir.

Haftaning oxiri va keyingi haftaning boshida issiq O`zbekistonning butun hududini qamrab oladi. Ayniqsa yakshanba va dushanbada issiq bo`ladi. Termometr ustunchasi shu kunlarda 39-42 darajagacha, janubiy viloyatlarda va Navoiy, Buxoro viloyatlarining cho`l zonasida 43-44 darajagacha ko`tariladi. Bu o`rtacha ko`p yillik qiymatlardan 5-8 darajaga yuqoridir.

Issiq havoning kirishi shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi bilan birga kuzatiladi.

Eslatib o`tamiz, eng issiq iyunlarda Toshkentda oyning oxirgi o`n kunligi boshida havo harorati 42-43 darajaga etgan.

    Boshqa yangiliklar