2020 yil 19 iyun soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5920 (+65) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qildi.
Yangi kasallanish holatlarining 1 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 36 nafari Toshkent shahrida (shundan 22 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan, 14 nafari aholi orasida), 12 nafari Xorazm viloyatida (shundan 11 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 8 nafari Toshkent viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan, 2 nafari aholi orasida), 7 nafari Namangan viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan, 3 nafari aholi orasida), 1 nafari esa Andijon viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida qayd etilgan.
Yurtimizda ayni shu soatgacha 74 nafar bemor sog`ayib, kasallikdan forig` bo`lganlar soni 4273 nafarga etdi.
Hozirda shifokorlarimiz mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1628 nafar bemor hayoti uchun kurashmoqdalar.






