AsosiySiyosat

O`zbekiston tarixida birinchi bor ayol elchi tayinlandi

'O`zbekiston tarixida birinchi bor ayol elchi tayinlandi'ning rasmi

Oliy Majlis Senati beshinchi yalpi majlisida O`zbekiston Respublikasining Isroil davlatiga Favqulodda va Muxtor elchisini tayinlash masalasi ham ko`rib chiqildi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.

Senatorlar Feruza Yuldashevna Mahmudovani O`zbekistonning Isroil davlatidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash to`g`risida qaror qabul qildi.

Parlament yuqori palatasi Raisi T.Narbaeva shu kunga qadar mamlakatimiz 130 dan ziyod xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalar o`rnatgan bo`lsa, ularda hali birorta ayol elchi tayinlanmaganini ta`kidladi.  

    Boshqa yangiliklar