31 oktyabr kuni Misrning Sharm-ash-shayx shahridan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga parvoz qilayotgan, «Kogalmavia» kompaniyasiga qarashli Airbus A321 layneri halokatga uchradi.
Samolyot Grinvich vaqti bilan 04:13da havoga ko`tarilganidan 23 daqiqa o`tib, radar ekranlaridan yo`qolgan hamda Sinay yarimoroliga qulagan va parchalanib ketgan. Samolet daqiqasiga 1,8 kilometr tezlikda qulagan. Aloqa yo`qolgan paytda u 10 ming kilometr balandlikda, soatiga 750 kilometr tezlikda parvoz qilardi.
Uning bortida asosiy qismi rossiyalik sayyohlardan iborat 217 nafar yo`lovchi, shulardan 25 nafari bolalar hamda besh nafar ekipaj a`zosi bo`lgan.
Airbus A321 avialaynerining uchuvchilari halokat vaqtigacha bortda nosozliklar borligini bilishmagan, bu haqda Qohiradagi manba «Interfaksa» xabar berdi.
«Ekipaj uchuvchilarning dispetcherlar bilan suxbatlardan shuni bilish mumkinki, samolyotning radar ekranlaridan yo`qolishidan 4 daqiqa oldin samolyotdagi holat barqaror bo`lgan, ekipaj dispetcherlar bilan odatiy tarzda muloqotda bo`lgan va bortdagi hech qanday nosozlik haqida xabar bermagan», — deydi agentlikning suxbatdoshi.
Manbaning qo`shimcha qilishicha, laynerning radar ekranlaridan yo`qolishidan avvalgi yozuvda «parvozga xos bo`lmagan ovozlar bo`lgan», ammo uchuvchilar halokat signalini berishmagan.
«Yozuvga asoslanadigan bo`lsak, bortdagi vaziyat to`satdan yuz berib, parvoz ekipaji uchun ham kutilmagan bo`lgan», — deydi suxbatdosh.
Hozirda Sinay yarimoroli hududidan topilgan qora quti Misr, Rossiya va Fransiya mutaxassislari tomonidan o`rganilmoqda.
Rossiya tergov qo`mitasi mamlakat jinoyat jinoyat kodeksining 263 (havo transportidan foydanalish qoidalarini buzish) va 238-moddaning 3-qismi (xavfsizli talablariga javob bermaydigan darajada xizmat ko`rsatish)ga asosan jinoi ish qo`zg`atgan.





