AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirus bilan vafot etganlar jasadi kuydiriladimi?

'O`zbekistonda koronavirus bilan vafot etganlar jasadi kuydiriladimi?'ning rasmi

AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o`rinbosari Botir Qurbonov ishtirokida brifing bo`lib o`tdi.

Brifingda aholi tomonidan yo`llangan savollarga javob qaytarildi:

— Maxsus komissiya qaroriga ko`ra koronavirus aniqlangan bemorning davolanish xarajatlarini u kasallik yuqtirgan muassasa yoki tashkilot to`lar ekan. Agar kasallik qaerdan yuqtirilganligi konkret aniqlanmasa, u holda davolanish xarajatlarini kim to`laydi?

— Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining malakali epidemiologlari tomonidan epidemiologik surishtiruv to`laqonli olib borilmoqda va har bir aniqlangan kasallik holatining manbasi aniqlanmoqda. Bu jarayonda IIV bilan ham hamkorlik yo`lga qo`yilgan.

— Agar O`zbekiston fuqarosi chet elda boshqa kasallikdan vafot etsa, uning jasadi olib kelingandan so`ng  mayit tobut bilan dafn etiladimi yoki islom an`analariga muvofiqmi?

— Ushbu holatda haqiqatda COVID-19 mavjud emasligi to`g`risida ma`lumotnoma taqdim etilsa, dafn marosimlari odatdagi tartibda amalga oshirishi mumkin.

— Koronavirus info telegram kanalida Bergamo shahrida koronavirusdan vafot etganlar jasadi kuydirilishi haqida ma`lumot o`qidim. O`zbekistonda ham shunday chora ko`riladimi?

— COVID-19 koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan va ushbu kasallikdan vafot etgan bemorlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarining mutaxassislari ishtirokida qat`iy sanitariya-gigiena talablari asosida hamda zararsizlantirish olib borilib Islom dini urf-odatlari bo`yicha dafn etilmoqda.

— Piskent shahri "qizil" hududga kiritilgani sabab, Olmaliqqa shahriga Piskent orqali o`tuvchi yo`l to`sib qo`yilgan. Olmaliq "yashil" hudud bo`lsa ham unga o`tish yo`llari yopilishi mumkinmi?

— Karantin talablari bo`yicha qizil hudud va yashil hududlar o`rtasida xarakatlanish to`xtatladi, ya`ni "qizil" toifadagi hududga kirish va chiqish taqiqlanadi.

    Boshqa yangiliklar