1

JSST: Dunyo koronavirus pandemiyasining «o`ta xavfli bosqichiga» kirdi

Dunyo 19.06.2020, 23:35
JSST: Dunyo koronavirus pandemiyasining «o`ta xavfli bosqichiga» kirdi

Dunyo koronavirus infeksiyasi pandemiyasining «yangi va o`ta xavfli bosqichiga» kirdi. Bu haqda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adxan Gebreyesus tomonidan matbuot anjumanida aytib o`tilgan.

Gebreyesusning so`zlariga ko`ra, JSSTga Shimoliy va Janubiy Amerikada, shuningdek, Osiyo va Yaqin Sharqda ko`plab yangi holatlar qayd etilayotgani haqida ma`lumotlar kelib tushmoqda.

Manbalarga ko`ra ayni paytga kelib dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 8,5 milliondan oshib ketdi. Kasallik tufayli 450 ming nafardan ortiq odam hayotdan ko`z yumgani aytilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1