1

Milan va Turin oqava suvlarida koronavirus izlari 2019 yilning dekabrida bo`lgani aniqlandi

Dunyo 20.06.2020, 08:45
Milan va Turin oqava suvlarida koronavirus izlari 2019 yilning dekabrida bo`lgani aniqlandi

Italiyalik olimlar Milan va turin oqava suvlarida koronavirus izlari 2019 yilning dekabrida bo`lganini aniqlashdi.

Italiya Oliy sog`liqni saqlash instituti mutaxassislari 2019 yil oktyabridan 2020 yil fevraligacha to`plangan oqava suvlarning 40 ta namunasini o`rganib chiqqanidan so`ng ana shunday xulosaga kelishgan.

«Ikki xil laboratoriya tekshiruvidan so`ng 2019 yil 18 dekabrda Milan, Turinda va 2020 yil 29 yanvarda Bolonyada olingan suv namunalarida koronavirus RNKsi bo`lganligi tasdiqlandi», - dedi institut vakili Juzeppina La Rosa.

Bundan tashqari, ushbu shaharlarning oqava suvlaridan yanvar va fevral oylarida olingan materialda virus izlari topilgan. Tadqiqot natijalari Evropada infeksiyaning tarqalishi xronologiyasiga shubha tug`diradi, bu ilmiy jamoatchilik tomonidan qabul qilingan.

Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, Italiyada birinchi marta yuqtirish holati yanvar oyida qayd etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1