2020-2021-o`quv yili uchun oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga abiturientlarni onlayn ro`yxatga olish boshlandi.
Ro`yxatga olish 20 iyundan 20 iyulga qadar (20 iyul kuni ham) Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (abitur.dtm.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.
Ro`yxatdan o`tish bo`yicha videoqo`llanma bilan bu erda (https://t.me/RasmiyDTM_DTM_uz/3634) tanishishingiz mumkin.
Barcha abiturientlarga muvaffaqiyat tilaymiz!






