“O`zbekturizm” Milliy kompaniyasi Indoneziya, Singapur hamda Malayziyaga otlanayotgan O`zbekiston fuqarolariga Indoneziyaning Sumatra va Kalimantan orollarida yuzaga kelgan o`rmon yong`inlari oqibatida yuzaga kelgan ekologik vaziyani inobatga olish zarurligini ma`lum qildi.
2015 yilning 27 oktyabr holatiga ko`ra ushbu hududda havoning zaharlanishi «PSI» («Pollutant Standards Index») shkalasi bo`yicha 150 dan 800 punktgachani tashkil qiladi. Aytish joizki ushbu shkalada inson salomatligiga zarar etkazishi mumkin bo`lgan daraja 100 ballni tashkil qiladi.
Mahalliy meteoxizmatlarning bashoratlariga ko`ra, kuchli tutash uzoq muddat davom etishi mumkin.
Shu sababli mamlakatimiz fuqarollarini ogohlantirmoqda.





