AsosiyJamiyat

Bog`chalar 1 avgustdan ochiladi. Vazirlik murojaat bilan chiqdi

'Bog`chalar 1 avgustdan ochiladi. Vazirlik murojaat bilan chiqdi'ning rasmi

Maktabgacha ta`lim vazirligi O`zbekiston Respublikasi Koronavirusga qarshi kurash Maxsus komissiyasi qaroriga ko`ra, bolalar sog`lig`i, xavfsizligi bo`yicha barcha choralarni ta`minlash va sanitariya- gigiena qoidalariga rioya etilishi uchun barcha sharoitlarni yaratish maqsadida, «yashil» va «sariq» hududlardagi maktabgacha ta`lim tashkilotlari ( MTT) o`z faoliyatini 2020 yil 1 avgustdan tiklashini ma`lum qiladi.

Ushbu jarayon Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan jadvalga ko`ra, bosqichma- bosqich amalga oshiriladi.

Davlat MTT larining Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ilgari e`lon qilingan sana 15- iyundan emas, balki 1- avgustdan ochilayotganligiga sabab, MTT faoliyati tiklanganidan so`ng uning tarbiyalanuvchilari va xodimlari xavfsizligini yuqori darajada ta`minlash uchun qator choralarni ko`rish bilan bog`liq bo`lib, ularga jumladan quyidagilar kiradi:

-6000 dan ziyod davlat MTT larini kuchdagi “O`zbekiston Respublikasida MTT lar faoliyatini tashkil etish, ta`minlash va ish tartibi bo`yicha Sanitariya - gigiena talablari norma va qoidalariga ko`ra yuvish, antiseptik va dezinfeksiya vositalari, shuningdek masofadan ishlovchi pirometrlar va shaxsiy himoya vositalari bilan ta`minlash;

-2020 yil martida MTTlar faoliyati to`xtatilayotgani bois, oziq-ovqat mahsulotlari buzilib qolishining oldini olish maqsadida barcha omborlar bo`shatilganligini inobatga olgan holda, oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berish;

-o`quv yili boshlanishiga MTT larda ta`mirlash, ular hududini obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish, MTT lar faoliyati to`xtagan davrda, u erda ishchilar bo`lmaganligi sababli qoniqarsiz ko`rinishga kelib qolgan daraxtlarni butash, ekinlarni parvarishlash, o`yin maydonchalarini tartibga keltirish;

-MTT lar binosi va hududini dezinfeksiya qilish, sanitariya- epidemiologiya osoyishtaligi hududiy Markazlari bilan hamkorlikda ularning tayorgarligini ko`rikdan o`tkazish;

-karantin davrida moliyalashtirish to`xtatilganligini inobatga olgan holda, MTT ochilishiga tayyorgarlik ko`rish uchun zarur bo`lgan mablag`larni jalb etish borasidagi ishlarni rejaviy amalga oshirish;

-MTT larga qaytayotgan xodimlar va tarbiyalanuvchilarning tibbiy ko`rikdan o`tishi uchun sharoit yaratish;

- «qizil» hududlarda yashovchi tarbiyalanuvchilarning kelishi va xodimlarning ishga jalb etilishi bilan bog`liq xatarlarni pasaytirish( aholi va MTT xodimlari uchun noqulayliklar minimal darajada bo`lishi sharti bilan)borasidagi masalalarni xal qilish.

Maktabgacha ta`lim vazirligi avvalo bolalar manfaatlari yo`lida va ular rivojlanishi uchun bexatar muhit yaratish maqsadida harakat qilishini yana bir bor eslatib o`tadi.

Ayni damda MTV tomonidan butun Respublika bo`yicha ota-onalar fikri o`rganilmoqda va shu yo`l bilan hozirgi epidemiologik holatda bolalarini bog`chaga yuborishni hohlamayotgan oilalar aniqlanmoqda. Pandemiya sharoitida ma`lum MTT lardagi ota -onalar to`la tarkibda bolalarini bog`chaga yuborishni istamasalar alohida MTTlarning ushbu ota- onalar a`zoligidagi Kuzatuv kengashi tomonidan tashkilot faoliyatini tiklashga ehtiyoj yo`qligi haqida qaror qabul qilinadi.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan davlat MTTlaridan farqli o`laroq, xususiy bog`chalar faoliyati tiklanishiga joriy yil 15 iyunidan ruxsat berilishi, ma`lum noroziliklarga sabab bo`lganligi hech kimga sir emas. Bunday qaror qabul qilinishida xususiy MTT larda guruhlar soni chegaralanganligi, guruhlardagi tarbiyalanuvchilar soni kam bo`lib, ko`p sonli bolalarning bir erda to`planib qolmasligi, ularda sanitariya-epidemiologik talablar asosida faoliyatni tezkor yo`lga qo`ya olish imkoniyati kattaligi inobatga olingan.

Shuning bilan birga, ayni vaqtda, Maktabgacha ta`lim va Sog`liqni saqlash vazirliklari hamkorligi, «YuNISEF» xalqaro bolalar fondi qo`llovida ishlab chiqilagan va yakuniy kelishuv bosqichidagi SOVID-19 pandemiyasi sharoitida maktabgacha ta`lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish bo`yicha vaqtinchalik Nizomni tasdiqlash" yakuniy kelishuv bosqichida bo`lib ,unga ko`ra koronavirusga qarshi kurash Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 2- iyundagi 27- sonli majlis protokoliga ko`ra quyidagilar ishlab chiqildi :

-SOVID -19 pandemiyasi davrida MTT lar faoliyatini tashkil etish bo`yicha vaqtinchalik Nizom;

-MTT tarbiyalanuvchisining qonuniy vakillari imzosi uchun blanka shakli;

-MTTlarda ishlatiladigan yuvish va dezinfeksiya vositalarining ishlatilish normalari;

- tonggi filtr uchun jurnal shakli.

Ushbu qarorda ko`rsatilgan qoidalarga ko`ra davlat va nodavlat MTT larida:

-barcha xodimlar sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi hududiy Markazlari xodimlari tomonidan sanitariya-gigiena, epidemiyaga qarshi qoidalar va choralar normasi bilan tanishtirilishi va tayyorgarlikdan o`tishi lozim;

-MTT rahbarining bolalar xavfsizligini ta`minlash haqidagi kafolat xati hamda sanitariya- epidemiologiya osoyishtaligi hududiy Markazlarining qarori bo`lgandagina MTT lar faoliyati qayta tiklanishiga ruxsat beriladi;

-MTT xodimlari tibbiy niqob taqishi va ijtimoiy masofani saqlashlari shart hisoblanadi;

-MTT hududida profilaktik dezinfeksiya ishlari muntazam o`tkazib turilishi shart;

-xodimlar va tarbiyalanuvchilarda tana harorati yuqori bo`lganda, ya`ni u 37˚ dan oshiq bo`lsa, shuningdek o`tkir resperator infeksiyasi belgilari( tomoq og`rishi, yo`tal, holsizlik va h.k) kuzatilganda ularning MTT ga kelishlari taqiqlanadi

-oilada yoki muloqot doirasidagilar orasida SOVID-19 aniqlangan bo`lasa tarbiyalanyvchini MTT ga olib kelmaslik, bu haqda darhol MTT dagilarga xabar berish lozim;

-MTT hududiga kirmaslik , bolani mas`ul xodimga topshirish so`raladi;

-MTT joylashgan hududda epidemiologik holat yomonlashgan holatlarda sanitariya- epidemiologiya osoyishtaligi hududiy Markazlari tomonidan MTT faoliyati to`xtatiladi.

Sizlardan talab etilayotgan profilaktik choralarga amal qilish,o`zingiz yoki farzandingizda koronovirus belgilari kuzatilganda o`z vaqtida MTT rahbariyati va xodimlariga xabar berish, o`z sog`lig`ingiz havfsizligini ta`minlash, atrofdagilarni infeksiya yuqishidan asrash uchun darhol shifokorga murojaat qilishga chaqiramiz.

    Boshqa yangiliklar