1

Tramp uyg`urlar haqidagi qonunga imzo chekdi

Dunyo 20.06.2020, 10:57
Tramp uyg`urlar haqidagi qonunga imzo chekdi

17 iyun kuni AQSh prezidenti Donald Tramp uyg`urlarga zulm qilishda aybdor deb topilgan xitoylik amaldorlarni sanksiyalar bilan jazolash haqidagi qonunga imzo chekdi. Kongressda faqatgina bitta qarshi ovoz olgan ushbu qonun orqali AQSh Xitoyga inson huquqlari bo`yicha jiddiy ogohlantirish yubordi.

BMT ma`lumotlariga ko`ra, ayni paytda Xitoyning Sharqiy Turkiston (Shinjon) viloyatida bir milliondan ortiq musulmonlar “qayta tarbiyalash” lagerlarida hibsda ushlanib turibdi. AQSh Davlat Departamenti Xitoy hukumatini ushbu musulmonlarga zulm qilishda, ularni tahqirlashda,ularning madaniyati va dinini yo`q qilishda ayblamoqda.

Ushbu ayblovlarni rad etib kelayotgan Xitoy esa ushbu lagerlarda odamlarga kasb-hunar o`rgatilayotganligi va ular terrorizmga qarshi kurashda kerak ekanligini ta`kidlaydi. Xitoy hukumati Trampning uyg`urlar haqidagi qonunni imzolaganini jahl bilan kutib oldi va uni o`ziga qarshi g`arazli hujum ekanligi hamda Sharqiy Turkistondagi vaziyat noto`g`ri tanqid qilinganini ta`kidladi.

“Biz yana bir bor AQShni o`zining xatolarini tuzatishga, bu qonun orqali Xitoy manfaatlariga zarar etkazishni to`xtatishga va Xitoyning ichki ishlariga aralashmaslikka chaqiramiz. Aks holda, Xitoy bunga qattiq javob qaytaradi va buning barcha oqibatlariga AQSh javobgar bo`ladi”, deyiladi Xitoy Tashqi ishlar vazirlgi bergan bayonotda.

Xitoydan tashqarida faoliyat olib boruvchi Dunyo Uyg`ur Kongressi bu qarorni kuchga kiritgani uchun Trampga minnatdorchilik bildirgan va bu qonun umidsizlikka tushgan uyg`ur xalqiga umid berganini ta`kidlagan.

Uyg`urlar haqidagi qonun Xitoy Kommunistik Partiyasining Sharqiy Turkistondagi kotibi Chen Quanguoni inson huquqlarining buzilishida aybdor deb hisoblaydi va unga nisbatan sanksiyalar qo`llashni ma`qullaydi.Shuningdek, mazkur qonunda Sharqiy Turkistonda faoliyat olib borayotgan AQSh kompaniyalari majburiy mehnat asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan foydalanmasligi kerakligi aytilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1