Pekindagi yangi virus Evropadan kirib kelgan bo`lishi mumkin

Dunyo 20.06.2020, 12:05
Pekindagi yangi virus Evropadan kirib kelgan bo`lishi mumkin

Xitoy xafta boshida Pekinda aniqlangan koronavirus genomi haqidagi ma`lumotlarni e`lon qildi. Rasmiy xabarlarga ko`ra, dastlabki tadqiqotlar virusda Evropa shtammining borligini ko`rsatgan.

Xitoy hukumati ushbu ma`lumotni Jahon sog`liqni saqlash tashkilotiga ham taqdim qilganini ma`lum qildi. Xitoyning milliy mikrobiologiya ma`lumotlar markazining veb-saytiga ko`ra, genom ma`lumotlari uchta namunaga asoslangan, ularning ikkitasi inson va bittasi atrof-muhitdan to`plangan.

Pekindagi yangi infeksiya holatlari Osiyodagi eng yirik Shinfadi ulgurji savdo bozori bilan bog`liq. Sakkiz kun ichida shaharda jami 183ta yangi infeksiya holati aniqlandi. Xitoy kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi vakili Chjan Yun o`z maqolasida genom bilan bog`liq va epidemiologik tadqiqotlarning dastlabki natijalariga ko`ra virus Evropadan kelganini, ammo u Evropada hozirda tarqalayotgan virusdan farq qilishini yozadi.

Chjanning fikriga ko`ra, virusning Xitoyga kirib kelganligi bo`yicha bir nechta taxminlar bor. Jumladan, virus import qilingan muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarida yashiringan holda kirib kelgan bo`lishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1