AsosiyJamiyat

Parkentlik dehqon qopda kartoshka etishtirdi

'Parkentlik dehqon qopda kartoshka etishtirdi'ning rasmi

Meliqo`zi Ibragimov Parkent tumani markazida istiqomat qiladi. Ixchamgina hovlisi bor. U ancha ilgari kredit olib, ikki sotixga yaqin erga limon va mandarin ko`chatlarini ekdi. Keyinchalik hovlisida bir sotizdan ziyod mo``jazgina issiqxona ham qurdi. Pomidor, bodring, bulg`or qalapiri etishtirishni boshladi.  

—  Tomorqamiz kichkina, bor-yo`g`i uch sotix, ammo undan besh martagacha hosil olamiz, – deydi Meliqo`zi aka. – Daromad ham shunga yarasha. Aslida bir sotix eri bor odam, boy odam. Bir sotixdagi  issiqxona ham yaxshi foyda beradi. Masalan, biz may oyigacha 8 mln. so`m daromad oldik. Pomidor, bodring va sarimsoq piyoz sotdik.  

Meliqo`zi akaninig hovlisida qoplarga ekilgan kartoshkalarga ko`zimiz tushib, buning siri bilan qiziqdik. U kishining aytishicha, qop ostiga 20-25 sm.da tabiiy o`g`itlar bilan aralashtirilgan tuproq solinib, 2-3 dona kartoshka urug`i ekiladi. Yoz oylarida tez-tez suv sochib, sug`orib turiladi. Kartoshka unib chiqqan sari, qop o`g`it bilan to`lib boradi. Qop to`lgach, kartoshka tabiiy holatda pishadi. Natijada bir qop o`g`it ichidan 20-25  kilogrammgacha hosil olinadi.  

Meliqo`zi aka “Izlagan imkon topadi”degan maqolni ko`p ishlatadi. Sababi buni hayotda ko`p bor sinab ko`rdi. Suhbat davomida qoramollari borligini, 6 bosh sog`in sigirning har biridan 20 - 30 litrgacha sut olayotganligini eshitib, to`g`risi, u kishiga  havasimiz yanada ortdi.

Darvoqe, Meliqo`zi Ibragimov Parkent tuman arxivida uzoq yillardan beri ishlab keladi. Xonadondan qaytar ekanmiz, bilganga tomorqa haqiqiy xazina ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qildik.  

   

                                                                                                                                                                                                                                     Doniyor QURBONXO`JAEV

    Boshqa yangiliklar