Turkiyalik mutaxassis Orxan Sivrikaya Uzbekistan Airways boshqaruv raisining o`rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalidagi ma`lumotlarda ko`rsatilgan.
Mazkur tayinlov qarori kompaniya aksiyadorlarining 18 iyun kuni bo`lib o`tgan navbatdan tashqari umumiy yig`ilishida bir ovozdan tasdiqlangan.
Orxan Sivrikaya Bosfor universitetini tamomlagan. Turkiya, Evropa va Shimoliy Amerikada turli lavozimda faoliyat yuritgan. Jumladan, Turkish Airlines vise-prezidenti bo`lgan.
2017 yilning noyabr oyida «O`zbekiston havo yo`llari»ning strategik rivojlanish bo`yicha maslahatchisi bo`lgan. Aviakompaniyani rivojlantirish strategiyasi, jadvallarni optimallashtirish, samolyotlar parkini rejalashtirish, marketing va boshqalarni ishlab chiqishda ishtirok etgan.






