AsosiyJamiyat

Dunyodagi eng katta "Coca-Cola" yozuvi O`zbekistonda yaratildi

Bugun koka-kola ichimligining O`zbekistondagi ishlab chiqaruvchisi Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd korxonasi dunyodagi eng kata Coca-Cola yozuvi aks etgan surat yurtimizda yaratilganini ma`lum qildi.

Surat 10 nafar rassomlar guruhi tomonidan yaratildi, deydi uni chizishda qatnashgan bosh rassom Farhod Shamsiev.

Uning ma`lumotlariga ko`ra, suratning balandligi 53 metr, yozuvning uzunligi esa 167 metrni tashkil qiladi. Uni  yaratishga 1 oy vaqt hamda 640 litr bo`yoq sarflangan.

Ushbu surat zavod tomiga o`rnatildi, uni osmonda parvoz qilayotgan samolyotdagi uchuvchilar ko`rish imkoniga ega bo`ladilar, deydi rassom.

Bugun Coca-Cola kompaniyasi dunyoning 200 ta mamlakatida o`zining uch mingga yaqin ichimligini taqdim etadigan yirik ishlab chiqaruvchilardan biri sanaladi. Coca-Cola brendi — dunyoning 94% aholisiga ma`lum bo`lgan eng qimmat brend sanaladi.

    Boshqa yangiliklar