1

Abdulla Aripov Qirg`iziston Bosh vaziri bilan telefon orqali so`zlashdi

Siyosat 20.06.2020, 22:46
Abdulla Aripov Qirg`iziston Bosh vaziri bilan telefon orqali so`zlashdi

Bugun, 20 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg`iziston Respublikasi Bosh vaziri Kubatbek Boronov o`rtasida telefon orqali muloqot bo`lib o`tdi.
 

O`zbekiston hukumati rahbari o`z hamkasbini Bosh vazir lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi va O`zbekiston-Qirg`iziston munosabatlarining yangi sur`atlar bilan izchil rivojlanib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Suhbat chog`ida tomonlar yaqin kunlarda Ikki tomonlama hamkorlik bo`yicha Hukumatlararo komissiya yig`ilishini o`tkazish masalalarini muhokama qilishdi.

Ikki mamlakat Bosh vazirlari boshchiligidagi O`zbekiston va Qirg`iziston hukumat delegasiyalarining oxirgi martda uchrashuvi 2019 yil avgust oyida Bishkekda o`tkazilgan.

Avval xabar qilinganidek, O`zbekiston Bosh vaziri tomonidan K.Boronov nomiga Qirg`iziston Bosh vaziri etib tayinlangani munosabati bilan tabrik maktubi yuborilgan edi.

O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining

Matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1