AsosiyJamiyat

Zominda ko`chada yuz bergan dahshatli avariya kuzatuv kamerasiga tushib qoldi. Voqeaga oydinlik kiritildi (video)

'Zominda ko`chada yuz bergan dahshatli avariya kuzatuv kamerasiga tushib qoldi. Voqeaga oydinlik kiritildi (video)'ning rasmi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Zomin tumanida sodir bo`lgan ayanchli YTH bo`yicha vido tarqaldi.

 

Mazkur hodisa bo`yicha IIV YHXBB Axborot xizmati rasmiy ma`lumo berdi. 

Keltirilishicha, YTH joriy yilning 15 may kuni Jizzax viloyati, Zomin tumani hududidan o`tgan 4R40 avtomobil yo`lining 22 km.da sodir bo`lgan.

Haydovchi E.U. “Lasetti” rusumli transport vositasini boshqarayotib, yo`lning chap tomoniga to`xtash maqsadida qarama-qarshi harakatlangan va boshqaruvni yo`qotib velosipedda harakatlanib ketayotgan haydovchi 1988 y.t. T.X.ni urib yuborib, yo`l chetida to`xtab turgan 1986 y.t. D.Q.ga tegishli bo`lgan “Neksiya-3” rusumli transport vositasiga urilgan. “Neksiya-3” avtomashinasi zarbdan orqaga harakatlanib to`xtab turgan “Lasetti” rusumli transport vositasiga urilgan.

Natijada, velosiped haydovchisi 32 yoshli T.X. tan jarohati olib shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Zomin tumani IIO FMB YHXB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib ko`rib chiqishlik uchun tuman sudiga yuborilgan.

Ma`muriy ishlar bo`yicha Zomin tuman sudining qarori bilan haydovchi E.U.ni O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 133 va 137-moddalari bilan aybli deb topib, etkazilgan zararni qoplash hamda unga nisbatan BHMning 20 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

 

    Boshqa yangiliklar