2020 yil 20 iyun soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6153 (+34) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi SSV.
Yangi kasallanish holatlarining 3 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 13 nafari Xorazm viloyatida (shundan 12 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar , 1 nafari aholi orasida), 9 nafari Toshkent shahrida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar , 4 nafari aholi orasida), 4 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari Toshkent viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), 2 nafari esa Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 4290 (+17) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (69 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 1844 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda






