AsosiyJamiyat

Davlat test markazida qo`ng`iroqlar markazi ish boshladi

'Davlat test markazida qo`ng`iroqlar markazi ish boshladi'ning rasmi

2020-2021-o`quv yili uchun oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan Davlat test markazida qo`ng`iroqlar (murojaatlar) markazi tashkil etildi.

Fuqarolar qabul jarayoni bilan bog`liq qiziqtirgan barcha savollariga 1195 qisqa raqami orqali bog`lanib, batafsil javob olishlari mumkin.

Markazning ish rejimi:

dushanbadan jumagacha – soat 9:00 dan 18:00 gacha;

shanba – soat 9:00 dan 17:00 gacha;

yakshanba – soat 9:00dan 12:00 gacha;

tushlik – soat 13:00 dan 14:00 gacha.

    Boshqa yangiliklar