AsosiyJamiyat

TIV rahbari Rossiya elchixonasida aviahalokat munosabati bilan ta`ziya bildirdi

3 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federasiyasining Toshkent shahridagi Elchixonasiga tashrif buyurdi.

TIV rahbari 200 dan ortiq insonning fojiali halok bo`lishiga olib kelgan 2015 yil 31 oktyabrda Rossiya yo`lovchi samolyotining Misr hududidagi falokati munosabati bilan ta`ziya bildirdi va Hamdardlik kitobiga qayd kiritdi. Bu haqda vazirlik rasmiy sayti xabar beradi.

Elchi Vladimir Tyurdenov Prezident I.A.Karimovning Rossiya Prezidenti V.V.Putin nomiga yo`llagan dalda va hamdardlik so`zlari uchun o`z minnatdorchiligini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar