2020 yil 21 iyun soat 17:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6272 (+56) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV ma`lum qildi.
Yangi kasallanish holatlarining 13 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 19 nafari Toshkent shahri (shundan 16 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), 10 nafari Samarqand viloyatida (shundan 9 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), 9 nafari Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari Andijon viloyatida aholi orasida, 2 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida qayd etilgan.
Bugun ayni shu soatgacha poytaxtimizdagi davolash muassasalarida 66 nafar, Navoiy viloyatida 9 nafar, Xorazm viloyatida 7 nafar, Samarqand viloyatida 5 nafar, jami 87 nafar bemor sog`ayib, yurtimizda ushbu kasallikdan forig` bo`lganlar soni 4377 nafarga etdi.
Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1876 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






