O`zbekiston Respublikasi DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi va Surxondaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari Termiz tumanida O`zbekiston Respublikasi Qizil Kitobiga kiritilgan Qirg`iy burgut yovvoyi qushining qanotlarini kesib, uyida saqlayotgan shaxsni aniqladi.
Dastlabki surishtiruv chog`ida Termiz tumani Gulbahor mahallasida yashovchi G`ayrat Nuraliev tutqunlikda noqonuniy saqlayotgan noyob yovvoyi qush uchib ketib qolishining oldini olish maqsadida uning qanotlarini kesib tashlagani ma`lum bo`ldi.
Mazkur holat yuzasidan qonuniy to`xtamga kelinguncha qanotlari kesilgan burgut saqlash va parvarishlash uchun Termiz hayvonot bog`iga topshirildi.






