Bugun er yuzi aholisi qiziqarli astronomik hodisalardan biri – halqasimon quyosh tutilishining guvohi bo`ldi.
Ushbu astronomik hodisa Afrika, Arabiston yarim oroli, Evroosiyo, Yapon va Malay arxipelagi hamda Avstraliya hududlarida joylashgan 111 ta davlatda kuzatilgan.
Halqasimon quyosh tutilishi deb quyosh yuzasining markazi oy tomonidan to`silganida soya atrofida ingichka yorug` halqa hosil bo`lishiga aytiladi.
Quyosh tutilishining halqasimon bo`lishi oy va er orasidagi masofaning odatdagiga nisbatan kattaroq bo`lishi bilan izohlanadi.
Oy erga qanchalik yaqin paytda tutilish bo`lsa quyoshning shunchalik katta qismi to`siladi.






