AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 5 soat ichida yana 43 kishida koronavirus aniqlandi

'O`zbekistonda 5 soat ichida yana 43 kishida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 21 iyun soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6315 (+43) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV ma`lum qildi.

Yangi kasallanish holatlarining 9 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 19 nafari Toshkent viloyatida (shundan 12 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), 11 nafari Toshkent shahrida (shundan 7 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 4 nafari Namangan viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 4377 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (69 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 1919 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar