AsosiyJamiyat

Kasallik varaqalarini berish tartibiga o`zgartirish kiritildi

'Kasallik varaqalarini berish tartibiga o`zgartirish kiritildi'ning rasmi

Prezidentning 19.03.2020 yildagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta`sirini yumshatish bo`yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risida”gi PF-5969-son Farmoniga muvofiq sog`liqni saqlash vaziri o`z buyrug`i bilan Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to`g`risidagi yo`riqnomaga tuzatishlar kiritdi. Bu haqda Norma xabar qildi. 

O`zgartirishlarga asosan Mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma`lumotnomasi o`tkazib yuborilgan kunlarga quyidagi hollarda ham beriladi:

  • maktabgacha ta`lim tashkilotida yoki 6 yoshga to`lmagan bolaga o`rnatilgan karantin holatida. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi bolaga qarash uchun ota-onasidan biriga yoki oilaning boshqa a`zosiga Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining hududiy va tuman (shahar) organlari tomonidan beriladi. Tuzatishlar bilan mehnatga layoqatsizlik varaqasi muddatini cheklash bekor qilindi – 14 kungacha;
  • bajarayotgan ishining xususiyatiga ko`ra yuqumli, parazitar kasalliklarni tarqatish xavfini tug`diradigan shaxslar ishdan chetlashtirilganda yoki atrofdagilar uchun xavfli bo`lgan yuqumli va parazitar kasalliklar bilan og`rigan bemorlarga, parazitar kasalliklar bilan zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan tibbiyot muassasasida karantinga olingan shaxslarga. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi karantinda bo`lgan to`liq kunlariga beriladi (ilgari – davlat sanitariya nazoratining mansabdor shaxsi tomonidan belgilangan muddatga). Ko`rsatilgan shaxslarga mehnatga layoqatsizlik varaqasi elektron shaklda berilishi mumkin;
  • yuqumli, parazitar kasalliklar bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuada karantinga olingan shaxslarga. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi karantinda bo`lgan to`liq kunlariga, shu jumladan elektron shaklda Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining hududiy va tuman (shahar) organlari epidemiologi yoki sanitar vrachi tomonidan beriladi;
  • uy sharoitida karantinga olingan shaxslarga hamda karantinga olingan shaxslarning 14 yoshgacha bo`lgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi karantinda bo`lgan to`liq kunlariga ularning yashash joyidagi poliklinika tomonidan beriladi.

 Mazkur o`zgartirishlar Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan.

Hujjat Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasida e`lon qilingan va 15.06.2020 yildan kuchga kirdi.


 

    Boshqa yangiliklar