Dubay sayyohlar uchun chegaralarini joriy yilning 7 iyulida ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda hukumat matbuot xizmati Tvitter tarmog`i orqali ma`lum qildi, deya yozdi profile.ru nashri.
Bunda mamlakatga kiruvchi sayyohlar SOVID-19 yo`qligini tasdiqlovchi sertifikatga ega bo`lishlari yoki Dubay aeroportida test topshirishlari lozim bo`ladi.
Chet davlatlarda qolib ketgan mamlakat fuqarolari esa 22 iyundan boshlab o`z yurtlariga qaytishlari mumkinligi ma`lum bo`ldi.