AsosiyJamiyat

Hisoblagichlarni qiyoslovdan o`tkazish bo`yicha arizalarni ko`rib chiqish 1 sentyabrgacha uzaytirildi

'Hisoblagichlarni qiyoslovdan o`tkazish bo`yicha arizalarni ko`rib chiqish 1 sentyabrgacha uzaytirildi'ning rasmi

Mamlakatimizda koronavirus bilan bog`liq karantin e`lon qilinganidan so`ng fuqarolarda elektr ta`minoti, gaz, ichimlik va issiq suv hisoblagichlarini qiyoslash jarayoni qanday tashkil etiladi degan savollar tug`ila boshladi.

Mazkur masalaga oydinlik kiritish va aholiga engillik yaratish uchun Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi navbatdagi bayoni qabul qilingan.

Hujjatga ko`ra, ushbu davrda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish, aholi xavfsizligini ta`minlash, fuqarolar va kommunal tashkilotlarning ishchi-xodimlarning hayoti va sog`ligini muhofaza qilish — dolzarb masalalardandir.

Shu bois, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan tabiiy gaz, elektr energiyasi, sovuq va issiq suvni hisobga olish priborlarini davlat qiyoslovidan o`tkazish bo`yicha kelib tushgan arizalarni ko`rib chiqish muddatlari 2020 yil 1 sentyabrga qadar uzaytirildi, deya xabar qildi DXA.

Bundan tashqari, aholi va ijtimoiy soha ob`ektlarining tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik va issiq suvdan bo`lgan qarzdorliklar uchun sudga berish va ta`minot tarmoqlaridan uzish vaqtincha to`xtatilmoqda.

Eslatib o`tamiz, ushbu sinovli kunlarda ham Davlat xizmatlari markazlari o`z faoliyatini to`xtatgani yo`q. Biroq, aholi xavfsizligini ta`minlash birinchi navbatdagi masala bo`lganligi bois, Markazlarda faqatgina elektron raqamli imzo berish xizmati ko`rsatilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali, shuningdek, Markazlar xodimlari tomonidan elektron xizmatlarni olish tartibi haqida batafsil ma`lumot berilmoqda.

    Boshqa yangiliklar