AsosiyJamiyat

Viloyat hokimlariga yangi o`rinbosar va maslahatchi lavozimi joriy etiladi

'Viloyat hokimlariga yangi o`rinbosar va maslahatchi lavozimi joriy etiladi'ning rasmi

“Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat`iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” Prezident qarori (PQ–4755-son, 19.06.2020 y.) qabul qilindi. Qarorga muvofiq, turistlar uchun “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimi joriy etiladi.

Turoperatorlar tomonidan xorijiy turistlarga xizmat ko`rsatish karantin davrida faqat ushbu tizimning xavfsiz ob`ektlari reestriga kiritilgan turizm va yondosh infratuzilma ob`ektlarida tashkil qilinadi.

Xorijiy turistlarga xizmat ko`rsatuvchi ob`ektlarda tizim majburiy tartibda joriy etiladi.

Qarorga ko`ra, O`zbekiston hududida tashkil etilgan sayohat davomida xorijiy turistlar koronavirus (COVID-19) infeksiyasini yuqtirib olgan taqdirda, ularga 3 ming AQSh dollari miqdorida kompensasiya to`lovlarini to`lab berish mexanizmlarini joriy qilgan holda Xavfsiz turizm jamg`armasi tashkil etiladi.

Qarorga ko`ra, koronavirus pandemiyasi va global inqirozli holatlarning mamlakat turizm sohasiga salbiy ta`sirini kamaytirish bo`yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.

2020 yilda ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Inqirozga qarshi kurash jamg`armasidan kamida 10 milliard so`m mablag` ajratiladi.

Shuningdek, qaror bilan Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasiga bir qator qo`shimcha vazifalar yuklandi. Qo`mita, jumladan, suv omborlari va o`rmon xo`jaliklarida turizm turlarini rivojlantirish bo`yicha qabul qilingan Hukumat qarorlari ijrosini monitoring qiladi.

Qaror bilan quyidagi lavozimlar joriy etildi:

Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg`ona viloyatlari va Toshkent shahar hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo`yicha maslahatchisi;

Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida hokimning turizmni rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimi o`rniga tegishlicha turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo`yicha hokim o`rinbosari.

Qaror bilan ”Andijon” xalqaro aeroportiga “Zahiriddin Muhammad Bobur” nomi berildi.

    Boshqa yangiliklar