1

Rossiyada tayyorlangan vaksina qancha vaqt amal qiladi?

Dunyo 22.06.2020, 14:33
Rossiyada tayyorlangan vaksina qancha vaqt amal qiladi?

Rossiya mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlangan vaksina insonni ikki yilgacha koronavirusdan asraydi, dedi Gamalei nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg.

Markazning mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlagan vaksinasi Burdenko kasalxonasida 18 ta ko`ngillilarda klinik sinovdan o`tkazilmoqda. Sinovni iyulning oxirida nihoyasiga etkazish rejalashtirilgan.

«Vaksina tanaga ikki marta yuboriladi. Ushbu vaksinani buster variantida (kuchaytirilgan) qabul qilgan odam ikki yil, ehtimol undan ham uzoq muddat koronavirusga chalinish ehtimolidan himoyalangan bo`ladi», - dedi u.

Vrachning ta`kidlashicha, preparatning bunday uzoq muddat ta`sir qilishi Afrika Gvineyada Ebola virusiga qarshi vaksina ustidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida isbotlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1