O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmatining ma`lum qilishicha, bugun O`zbekiston hududida ob-havo juda issiq bo`ladi, harorat 39-42 darajagacha, janubiy tumanlarda va Navoiy va Buxoro viloyatlarining cho`l zonasida 43-44 darajagacha ko`tariladi, bunday harorat shu kun uchun xos bo`lgan o`rtacha ko`p yillik qiymatlardan 5-8 darajaga yuqori. Turkmaniston hududidan issiq havo kirishi kuchayishi bilan shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha etishi mumkin.
23 iyunda Qozoqistondan atmosfera fronti o`tishi bilan O`zbekistonda ob-havo sharoitlarining o`zgarishi kutilmoqda. Respublikada ob-havo yog`ingarchiliksiz bo`ladi, faqat Toshkent viloyatida ertalab va kechqurun, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarining tog`oldi va tog`li tumanlarida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi va momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kunduzgi harorat sezilarli pasayadi va 35-40 daraja atrofida, janubda va cho`l zonasida 42 daraja issiq bo`ladi. Havo oqimining o`zgarishi bilan shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi.
24-25 iyunda respublikada ob-havo yog`ingarchiliksiz bo`ladi. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo`ladi.
26 iyunda mamlakatimiz shimoliga, 27 iyunda qolgan hududlarga Volgabo`yidan sovuq antisiklonning kirishi kutilmoqda. Havo harorati 8-10 darajaga pasayib, 27-30 darajani tashkil qiladi, bu me`yoriy haroratdan 5-6 darajaga pastdir, tungi harorat esa o`sha me`yorlarda saqlanib qoladi — 19-24 daraja bo`ladi. Sovuq front o`tishi bilan yana shamol kuchayib, 15-20 m/s tezlikda esishi prognoz qilinmoqda.






