Endi nutqida nuqsoni bor o`quvchilarning ro`yxati maktab direktori tomonidan tasdiqlanib, 15 sentyabrgacha uslubiy ta`minot hamda xalq ta`lim muassasalari faoliyatini tashkillashtirish tuman (shahar) bo`limlariga taqdim etiladi.
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, oliy ma`lumotli logoped va defektologlar faoliyat yuritadigan logoped bo`linmasiga I va III darajali nutqi hamda nutq apparati organi harakati rivojlanmagan 1-4-sinf o`quvchilari qabul qilinadi.





