2020 yil 22 iyun soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6401 (+43) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 35 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida qayd etilgan bo`lsa, 1 nafari Toshkent shahrida aholi orasida va 7 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlandi.
Bugun ayni shu soatgacha Namangan viloyatidagi davolash muassasasida 7 nafar bemor sog`ayib, yurtimizda ushbu kasallikdan forig` bo`lganlar soni 4384 nafarga etdi.
Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1998 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






