1

Ertadan boshlab Qozog`istonda bog`chalar yana yopiladi

Dunyo 22.06.2020, 17:46
Ertadan boshlab Qozog`istonda bog`chalar yana yopiladi

Qozog`istonda epidemiologik vaziyat hamda tarbiyachilarning koronaviruscha chalinish holatlari uchrab turgani bois MTMlar faoliyati 23 iyundan yana to`xtatiladi. Bu haqda CORONAVIRUS2020.KZ rasmiy kanalida e`lon qilindi. 

Tartibga ko`ra, agar bolalar bilan uyda qoladigan kishi bo`lmasa, ularning ota-onalaridan biri masofaviy rejimda ishlashi mumkin. 

Karantin davrida davlat va nodavlat bog`chalarga tarbiyalanuvchilarning umumiy sonidan bor-yo`g`i 20 foizi qatnagan. Qabul qilingan bu chora-tadbir bolalarning sog`lig`ini saqlash va ular orasida infeksiyaning tarqalish xavfini kamaytirish qaratilgan. Bolalar bog`chalarining faoliyatining tiklanishi esa shahardagi epidemiologik vaziyatga bog`liq, deyilmoqda xabarda

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1