AsosiyJamiyat

Baykalorti o`lkasiga 1400 dan ortiq o`zbekistonlik ishga jalb etiladigan bo`ldi

'Baykalorti o`lkasiga 1400 dan ortiq o`zbekistonlik ishga jalb etiladigan bo`ldi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasining Baykalorti o`lkasi gubernatori taklifiga binoan u erdagi qurilish ob`ektlariga O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini jalb qilish masalalari yuzasidan videokonferensaloqa shaklida uchrashuv tashkil etildi. Bvu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar qilmoqda. 

Uchrashuvda O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o`rinbosari E.Muxitdinov, O`zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi konsuli A.Muxamedov, Baykalorti o`lkasi gubernatori A.Osipov, shuningdek, Rossiya Federasiyasi Baykalorti o`lkasi qurilish, yo`l xo`jaligi va transport vaziri A.Goncharov va boshqalar ishtirok etib, ikki davlat o`rtasidagi mehnat migrasiyasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, koronavirus pandemiyasi sababli Rossiya Federasiyasiga vaqtincha ishlash uchun ketolmagan va ishsiz qolgan o`zbekistonlik fuqarolarni Baykalorti o`lkasidagi yirik qurilish ob`ektlariga ishga jalb qilish masalasini muhokama qildi.

Muloqot davomida pandemiyadan keyin mehnat bozorini tiklash, epidemiologik vaziyatda o`zbekistonlik mehnat migrantlari xavfsizligini ta`minlash, ularni tartibli, manzilli va tashkillashtirilgan holda ishga joylashtirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Xususan, Rossiya tomoni taklifiga binoan o`tkazilgan uchrashuvda o`lkadagi 20 dan ortiq qurilish ob`ektlariga bir yarim mingga yaqin fuqarolarni ishga jalb qilishga kelishildi hamda ishchilar uchun barcha zaruriy mehnat sharoiti yaratilib, buning uchun ish beruvchi kafilligi belgilandi.

    Boshqa yangiliklar