AsosiyJamiyat

Endi xorijdan kelganlar haqini to`lagan holda karantinni mehmonxonada ham o`tkazishi mumkin

'Endi xorijdan kelganlar haqini to`lagan holda karantinni mehmonxonada ham o`tkazishi mumkin'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori qabul qilindi.

Unga ko`ra, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan davlatlardan O`zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida ularning hohishiga ko`ra 14 kunlik karantin nazorati davrini haqini to`lagan holda mehmonxonada o`tkazish huquqi berildi. Endilikda yuqoridagi toifa davlatlardan O`zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o`z xohishiga ko`ra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta`minlanadigan karantin markazlarida yoxud haqini to`lagan holda mehmonxonada o`tkazishi mumkin bo`ladi.  

 Fuqarolar karantin nazorati davrini o`tkazishi mumkin bo`lgan mehmonxonalar ro`yxatini Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan shakllantiriladi.  

Fuqarolar karantin nazorati davrini mehmonxonada o`tkazishda Karantin nazorati davrini mehmonxonalarda o`tkazishning vaqtinchalik tartibiga qat`iy rioya etishlari talab etiladi.

Mavzuga doir:

Toshkent shahri mahallalarida blokpostlar qayta tiklanadi.

 

 

    Boshqa yangiliklar