Shu yil 20 iyun holatiga, tuman va shaharlar epidemiologik toifalarining yangilangan ro`yxati e`lon qilindi.
Unga ko`ra, Navoiy viloyati Xatirchi tumani, Namangan viloyati Uychi tumani, Sirdaryo viloyati Yangier shahri, Surxondaryo viloyati Termiz shahri va Toshkent viloyati Angren shahriga “yashil” hudud toifasi berildi.
O`zbekiston musulmonlari idorasining karantin davrida masjidlar faoliyatini tashkil etish yuzasidan bayonotiga muvofiq, shu yil 22 iyundan boshlab, ushbu hududlarda joylashgan masjidlar namozxonlar uchun ochiladi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi, Matbuot xizmati xabar bermoqda.
️“Qizil” yoki “sariq” xududlardan “yashil” xududlar qatoriga o`tish va masjidlar o`z faoliyatini qayta boshlashida – har bir insonning hissasi katta bo`ladi, karantin mezonlariga amal qilish ayni matlub va shariatda buyurilgan ishdir.






