2020 yil 23 iyun soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6500 (+39) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 15 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 13 nafari Toshkent shahrida (shundan 12 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), 11 nafari Surxondaryo viloyatida (shundan 9 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida) aniqlangan.
️Ayni paytda yurtimizda 4450 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (68 foiz) sog`aygan.
️Hozirda mamlakatimizda 2031 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 15 nafari og`ir, 4 nafari o`ta og`ir ahvolda.






