AsosiyJamiyat

Saudiya Arabistoni: "Haj - 2020" o`tkaziladi, lekin hojilarning soni cheklanadi

'Saudiya Arabistoni: "Haj - 2020" o`tkaziladi, lekin hojilarning soni cheklanadi'ning rasmi

Saudiya Arabistoni Podshohligining Haj vazirligi kecha 22 iyun dushanba kuni 1441 yil haj ibodatini Saudiya Arabistoni ichkarisida mavjud bo`lgan turli millat vakillaridan iborat juda cheklangan sonli guruh uchun o`tkazilishini ma`lum qildi.

Shuningdek, vazirlik o`z bayonotida haj ibodatini sog`liq jihatidan xavfsiz va ehtiyotkorlik talablariga muvofiq, ijtimoiy masofaga rioya qilib, insonlar salomatligini saqlash va koronavirus pandemiyasi xataridan himoyalagan holda, shariatning inson jonini saqlash maqsadini amalga oshirgan holda o`tkazishga qaror qilinganini ma`lum qiladi.

Dunyoning 180 dan ortiq mamlakatida koronavirus pandemiyasi yuz berayotgani, yarim milliondan ortiq inson vafot etgani, 7 milliondan ziyod odam ushbu kasallikka chalingani, Saudiya Arabistoni Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotiga ko`ra, bu kasallikka chalinish xavfi davom etayotgani, bu xastalikka qarshi vaksinaning yo`qligi, kasalga chalinganlarni davolash uchun dori vositalari etarli bo`lmaganini e`tiborga olib, sog`liq xavfsizligini saqlash maqsadida shunday qarorga kelingan.

Saudiya Arabistoni Harami sharif va Masjidi Nabaviy ziyoratchilarini haj va umra ibodatlarini emin-erkin va xavfsiz ado etishlariga imkon tug`dirishga bo`lgan doimiy istagidan kelib chiqqan holda, koronavirus pandemiyasi boshlanib, dunyoning bir qancha davlatlarida tarqala boshlaganidan beri Allohning mehmonlari va muqaddas diyorda yashab turgan umra ziyoratchilari sog`lig`ini himoya qilishga bo`lgan katta e`tiborini namoyish qilib kelmoqda, deb qayd etilgan.

«Haj – 2020» mavsumiga oid mazkur yakuniy qaror yuzasidan Saudiya Arabistoni Ulamolari Kengashi, Islom hamkorlik tashkiloti, Butun jahon islom uyushmasi, Fors ko`rfazi davlatlari (BAA, Baxrayn, Quvayt va Ummon Sultonligi), Saudiyaga qo`shni davlatlar (Misr, Sudan, Yaman, Iroq va Iordaniya) munosabat bildirib, unda ziyoratchilarning salomatligini e`tiborga olingan holda haj bo`yicha eng to`g`ri xulosa qilinganini qo`llab-quvvatlangan.

    Boshqa yangiliklar