AsosiyDunyo

Qirg`izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboev 11 yilga qamaldi

'Qirg`izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboev  11 yilga qamaldi'ning rasmi

Qirg`izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboev 11 yil-u 2 oyga qamoq jazosiga hukm qilindi, deya yozmoqda Ria novosti.

 U  jinoyatchi Aziz Batukaevni pora evaziga qamoqdan chiqargan deb topilgan. 

«Sud Atamboevni aybdor deb topdi va 11 yil-u 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini belgiladi. Uning davlat mukofotlari va mol-mulki musodara qilinadi», deya ayblovni o`qib eshittirgan Bishkekning Birinchi may tuman sudi sudyasi.

Ma`lum qilinishicha, millati chechen bo`lgan «kriminal avtoritet» Aziz Batukaev 2004 yil qamalgandi. U uzoq yillik qamoq jazosini o`tayotgan vaqtda 2013 yil ozodlikka chiqariladi. Rasmiy ma`lumotlarda uning salomatligidagi muammo sabab ozod qilingani aytiladi. 2013 yilning o`zida Qirg`izistonda bu ish bo`yicha surishtiruv boshlangan va asosiy aybdor sifatida ombudsman rahbari Tursunbek Akun aytilgandi. Ammo surishtiruv ishlari to`xtatib qo`yilgan.

2019 yil prezident Sooronbay Jeenbekov topshirig`i bilan surishtiruv ishlari tiklanib ish doirasida sobiq sog`liqni saqlash vaziri va sobiq bosh prokuror qo`lga olingandi.

O`tgan yilning 8 avgustida Atamboev Qo`y-Toshdagi uyida Qirg`iziston xavfsizlik kuchlari o`tkazgan operasiya doirasida qo`lga olingandi.

    Boshqa yangiliklar