Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining ma`lum qilishicha, Davlat komissiyasining 1-sonli bayoniga muvofiq, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini inobatga olib, 2020/2021 o`quv yili qabulida test sinovlari qoida tariqasida, bir kunda ikki smenada o`tkaziladi.
Bunda har bir abiturient uchun binolarda 3 m2 dan kam bo`lmagan joy ajratiladi.
Koronavirus pandemiyasi sharoitida sanitariya normalari talablaridan kelib chiqib, imtihonlarda abiturientlarning ota-onalari va ularning yaqinlari uchun alohida kutish (to`planish) joylari tashkil qilinmaydi.






