AsosiyJamiyat

Kelasi haftadan O`zbekistonda aholida antitanachalarni aniqlash uchun test olinishi rejalashtirilmoqda

'Kelasi haftadan O`zbekistonda aholida antitanachalarni aniqlash uchun test olinishi rejalashtirilmoqda'ning rasmi

Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Habibullo Oqilov AOKAda o`tkazilgan brifingda ma`lum qildi:

«Biz hozirga qadar koronavirus bilan zararlanganlarni aniqlab, ularni davolash, virus yuqtirgan bemorlar bilan muloqotda bo`lganlarni esa karantinga olish masalalari bilan shug`ullandik.

Koronavirusni aniqlash uchun PZR tahlili lozim bo`ladi, xolos. Antitanachalar shakllanishi uchun esa virus yuqtirgan bemorlar tuzalib chiqqan bo`lishi lozim.

Karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish uchun antitanachalarni aniqlash kerak bo`ladi. Buning uchun O`zbekistonda ham kelasi haftadan aholi orasida immunofermen analizini yo`lga qo`yish rejalashtirilmoqda», - dedi Habibullo Oqilov

    Boshqa yangiliklar