AsosiyJamiyat

Ijtimoiy nafaqalarni ko`rib chiqish va belgilash tartibi to`liq avtomatlashtiriladi

'Ijtimoiy nafaqalarni ko`rib chiqish va belgilash tartibi to`liq avtomatlashtiriladi'ning rasmi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori loyihasi e`lon qilindi.

Hujjat bilan mamlakatimizda aholiga ko`rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va yordamning manzilliligini yanada oshirish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun elektron hujjat aylanishi bosqichma-bosqich joriy etilishi nazarda tutilgan.

Qayd etilishicha, “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi “Elektron hukumat” tizimining tarkibiy qismi bo`ladi.

2020 yilning 1 iyulidan boshlab, ijtimoiy nafaqalarni ko`rib chiqish va belgilash tartib-taomillari bosqichma-bosqich “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi vositasida amalga oshiriladi.

“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami bo`ladi (keyingi o`rinlarda – JSh ShIR), uni kiritishda “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida davlat ijtimoiy xizmati yoki yordamini olishga so`rov avtomat tarzda shakllantiriladi.

Loyihada belgilanishicha, “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ijtimoiy nafaqa oluvchilar va ularning oilalari to`g`risidagi ma`lumotlar bazasi shakllantiriladi. Shuningdek, manfaatdor vazirlik va idoralar bosqichma-bosqich “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi funksional imkoniyatlarini kengaytirish borasida ish olib boradilar.

“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali ijtimoiy nafaqalarni ko`rib chiqish va belgilash tartib-taomilining to`liq avtomatlashtirilishi, shuningdek, davlat xizmatlari markazlari yoki internet orqali onlayn rejimida elektron arizalar topshirish ko`rsatkichini 75 foizigacha etkazilishi ko`zda tutilgan.

 

    Boshqa yangiliklar