AsosiyJamiyat

Ertaga xorijdan olib kelinidigan o`zbekistonltiklar uchun charter reyslar jadvali e`lon qilindi

'Ertaga xorijdan olib kelinidigan o`zbekistonltiklar uchun charter reyslar jadvali e`lon qilindi'ning rasmi

Ertaga, 24 iyun kuni tashkil etiladigan charter reyslar ma`lum qilindi.

Tel-aviv – Toshkent – Tel-aviv

Toshkent – Novosibirsk – Toshkent

Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro`yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro`yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

Ro`yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo`yiladi.

 Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo`ladi.  

 O`zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o`z xohishiga ko`ra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta`minlanadigan karantin markazlarida yoki pullik mehmonxonada o`tkazishi mumkin (https://t.me/migratsiyamatbuotkotibi/515).

 

Bugun Toshkent — Moskva — Toshkent charter reysi amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar